Jizzax shahar IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qizlar o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan video bo‘yicha munosabat bildirdi. Xabarda aytilishicha, janjal shahardagi o‘quv markazlaridan birida sodir bo‘lgan.

Videoda bir nechta o‘quvchi qizlar boshqa bir qizni o‘rtaga olib, kechirim so‘rashga majburlagani tasvirlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida Jizzax shahri «Bog‘ishamol» mahallasida yashovchi, Jizzax shahridagi o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchisi M. N. ijtimoiy tarmoqda Sharof Rashidov tumani «Istiqlol» mahallasida yashovchi M. A. bilan muloqotga kirishadi

«O‘zaro yozishmalar chog‘ida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Shundan so‘ng M. N. va M. A. Jizzax shahridagi o‘quv markazida uchrashib, janjallashishgan. Ushbu hodisaning tasvirlari ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketgan», — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.