«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda gulkaramdan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qovurilgan gulkaram


Bu gulkaramni oddiy va mazali qilib qovurish usuli. Bu juda foydali sabzavot bo‘lib, undan har kuni taom tayyorlab, yaqinlarimizni siylashimiz mumkin.

Gaz pechida pishirilgan gulkaram


Usti pishloqli, xushbo‘y gulkaram garnir yoki ovqatdan keyingi tanovvul uchun juda mos keladi. Qovurilganidan farqli o‘laroq, ushbu retsept bo‘yicha gulkaram yog‘siz bo‘ladi, ammo ta’mi juda mazali — usti qarsildoq, ichi esa yumshoq bo‘lib pishadi.

Pishloqli klyarda pishirilgan gulkaram


Pishloq va suxarili klyarda pishirilgan gulkaram — oddiy va tezpishar, bunday yegulik har qanday taomga ajoyib qo‘shimcha bo‘la olishi shubhasizdir.

Tovuq go‘shti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar


Gulkaram va tovuq go‘shtidan tayyorlangan kotletlar bir-birini to‘ldirib, mayin va mazali bo‘lib pishadi. Bunday kotletlar parhezbop sanalib, semirishga ham yo‘l qo‘ymaydi.

Gulkaramli krem-sho‘rva


Gulkaramdan pishirilib, qaymoq bilan boyitilgan krem-sho‘rvamiz juda tez va oson tayyorlaniladi, shu bilan birga uning ta’mi va hidining o‘ziga tortadigan xususiyatlari sizni befarq qoldirmaydi. Bundan tashqari gulkaramli sho‘rvalar juda foydali hisoblanadi.

Yangi kartoshka va gulkaramdan taom


Yangi kartoshka va yangi gulkaramdan ko‘ra mazali nima bo‘lishi mumkin? Albatta ular birgalikda pishirilgan taom. Agar siz ko‘proq sabzavot iste’mol qilishni istasangiz, bu siz uchun o‘z-o‘zidan ideal taom, shuningdek go‘sht va tovuq go‘shti uchun yaxshi garnir.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.