Payshanba kuni Toshkentda 2026 yilgacha o‘smirlar salomatligi va farovonligini himoya qilish strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati, ijtimoiy sohalar va ichki ishlar vazirliklari, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining milliy va mintaqaviy idoralari mutaxassislari ishtirok etdi.

Strategiya loyihasi YUNISEFning texnik ko‘magida ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat Sog‘liqni saqlash vazirligi va jamg‘armaning martdagi «yo‘l xaritasi»ga kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad har bir o‘smirning sog‘lig‘ini eng yuqori darajada bo‘lishi uchun imkoniyat yaratish, ularning kelajagi uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iborat.

10 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. 10−15 yildan keyin ular davlat apparatida, biznes, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ilm, ta’lim, tibbiyot va boshqalarda ish o‘rinlarini egallashadi. Mamlakatning yaqin o‘n yilliklarda muvaffaqiyatli rivojlanishi ularning hozirgi salomatligi, ta’limi, xavfsizligi va farovonligiga bog‘liq. Bu haqda senator Dilorom Toshmuhamedova, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova, JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens va boshqalar nutq so‘zladi.

Shu bilan birga, o‘smirlar salomatligi va farovonligiga mavjud tahdidlar vazirliklar o‘rtasida yaqin hamkorlikda amalga oshiriladigan shoshilinch milliy kompleks chora-tadbirlarni talab qiladi, deb hisoblaydi ekspertlar.

YUNISEF ofisining mintaqaviy maslahatchisi Gabriyel Fontanaнинг ta’kidlashicha, o‘smirlarning salomatligi va farovonligini himoya qilishda ustuvor e’tiborni talab qiladigan masalalar — yo‘l-transport hodisalari natijasida o‘lim va o‘z sog‘lig‘iga qasddan zarar yetkazish ekanligini ta’kidladi. U milliy strategiyani tezda qabul qilish va tasdiqlash va uni amalga oshirishda butun jamiyatni jalb qilishga chaqirdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida 10−19 yoshli o‘g‘il va qiz bolalar uchun yo‘l jarohatlari va o‘ziga zarar yetkazish asosiy o‘lim sabablari hisoblanadi. 2019 yilda YTHlarda 5−14 yoshdagi bolalar o‘limi bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston va Tojikistonga qaraganda yuqori edi, deb Yunisefning O‘zbekistondagi ofisining Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Olga Kim ma’lum qildi.

Yana bir og‘riqli muammolardan biri — bu bolalarning ruhiy salomatligini ta’minlash.

«Kompleks jinsiy ta’lim sog‘lom xulq-atvorni shakllantirishga, jinsiy va reproduktiv salomatlik va turdosh huquqlarni himoya qilishga yordam beradi, xususan, OIV infeksiyasi va o‘spirin homiladorligi holatlarini kamaytirish orqali jinsiy va reproduktiv salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi», — dedi Gabriel Fontana.

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida yana bir muammo ham ta’kidlandi: o‘smirlarda jismoniy faollikning yetishmasligi — qizlar orasida 84 foiz va o‘g‘il bolalar orasida 56 foizni tashkil qiladi.

To‘yib ovqatlanmaslik yuki muammosini ham hal qilish kerak, chunki (2017 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra) 15−19 yoshdagi qizlarning 10,7 foizi ortiqcha vazn yoki semiz, 11,9 foizi esa — kam vaznga ega. O‘smirlarning deyarli yarmi (49%) temir tanqisligidan aziyat chekadi, har xil turdagi anemiya 28% o‘smirlarda kuzatiladi, beshdan ikki qismida esa foliy kislotasi yetishmaydi.

«Ta’lim va sog‘liqni saqlash o‘rtasidagi sinergiya yaxshi ta’lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga yordam beradi», — deya ta’kidladi Olga kim. Masalan, yetarli ovqatlanishni ta’minlaydigan maktablarda davomat 8 foizga yuqori, shu bilan birga, o‘spirin qizlarda anemiya ko‘rsatkichlari 20% gacha pasaygan.

JSST Markaziy idorasining o‘smirlar salomatligi va farovonligi bo‘limi boshlig‘i doktor Valentika Baltag bolalar va o‘spirinlarning salomatligi va farovonligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda strategik o‘zgarishlarning muhimligini ko‘rsatib o‘tdi.

Faqat sog‘liqni saqlash sohasidagi yoki boshqa biron bir jabhada harakatlar yetarli emas, biz tibbiy xizmatlardan o‘smirga qaratilgan ekologik yondashuvga o‘tishimiz kerak. Ko‘p bosqichli harakatlar o‘spirinlarni zarur jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy o‘qitish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan yagona to‘liq strategiya doirasida zarur, deb ta’kidladi JSST vakili.

Strategiya loyihasida quyida maqsadlar qayd etilgan:

  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
  • ruhiy salomatlikni mustahkamlash va o‘smirlarning tengdoshlari, ota-onalari va jamiyat a’zolari bilan sog‘lom munosabatlarini shakllantirish;
  • istiqbolli kelajak uchun zarur shartlarni shakllantirish;
  • ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasiga erishish;
  • tibbiy yordam sifatini oshirish.

Strategiya loyihasi 2026 yilgacha o‘smirlar o‘limini barcha sabablarga ko‘ra, shu jumladan baxtsiz hodisalar, o‘z joniga qasd qilish, mikronutriyent yetishmovchiligi, ortiqcha vazn va semirishni kamaytirish, maktablarni moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichlarining ko‘payishi va ulardagi sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilaydi. Shuningdek, boshqa ko‘plab muhim ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

Strategiya loyihasi 2026 yilgacha o‘spirinlar o‘limini barcha sabablarga ko‘ra, shu jumladan baxsiz hodisalar, o‘z joniga qasd qilish, mikronutriyent yetishmovchiligi, ortiqcha vazn va semirishni kamaytirish, maktablarni moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichlarining ko‘payishi va ulardagi sanitariya sharoitlarini yaxshilash va boshqa ko‘plab muhim aniq maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilaydi. Shuningdek, ularga erishish bo‘yicha harakatlar dasturini o‘zida mujassam etgan.

Qariyb ikki yillik tayyorgarlikdan so‘ng, davlat organlarining sa’y-harakatlari umumiy safarbarlik tufayli ushbu hujjatni qabul qilish, uni 2026 yilgacha mamlakatni rivojlantirish strategiyasi bilan sinxronlash vaqti keldi, dedi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Basitxanova strategiya loyihasiga ba’zi o‘zgarishlar kiritish kerakligini va bu jarayon uzoq davom etmasligini aytdi.

Vazirlar Mahkamasi vakili hukumat strategiyani yakunlash va qabul qilishda zarur yordamni taqdim etishiga ishontirdi.