12 may kuni soat taxminan 03:00da Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Bunyodkor shoh ko‘chasida Spark rusumli avtomashina yo‘l o‘rtasidagi ustunga borib urildi.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, 1999 yilda tug‘ilgan U.M. tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. U shu joyning o‘zida og‘ir tan jarohati olib hayotdan ko‘z yumgan.

1995 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi K.Sh. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. U tibbiy muassasada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga va boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bunyodkor shoh ko‘chasi Toshkent shahridagi eng xavfli ko‘chalardan biri hisoblanadi. Bu ko‘chada muntazam ravishda tezlikni oshirish oqibatida xavfli holatlar kuzatiladi.