7 May kuni Chirchiqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Mutaxassislar va xizmat itlarini tayyorlash markazida «Dog biatlon» musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 4 may kuni boshlangan bellashuvda Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining otryadlari o‘z xizmat itlari bilan qatnashdi.

Kuchuklar biatlonining finalida jamoalar o‘zaro 1600 m masofada bir qator shartlarni bajarish orqali kuch sinashishdi. Ballar shartlarni tez va aniq bajarganlik uchun berildi.

Umumjamoa hisobida 3-o‘rin Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizimati, IIV Qorovul qo‘shinlari, DXX «Burgut-1» jamoalariga nasib qilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni IIV terma jamoasi egalladi. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘tkazilgan «Dog biatlon» musobaqasida Mudofaa vazirligining erkaklar va ayollar jamoalari mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, o‘tgan yilgi natijasini takrorladi.

Musobaqada «Dog biatloni yakka tartibda yugurish», «300 metrli to‘siqlardan xizmat itlari bilan o‘tish», «G‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasi uchun», «Dog biatloni 3200 metr masofaga yakka tartibda yugurish», «Dog biatlon estafetasi» kabi qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Barcha nominatsiyalarning faxrli o‘rinlarini Mudofaa vazirligi vakillari qo‘lga kiritdi.

Foto