Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 2,4 gektar yerni 980 ming dollarga sotishga urinishning oldin olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

6 may kuni huquqni muhofaza qilish organlariga E.N. ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Uning aytishicha, I. va H. ismli fuqarolar unga tanishi D. ismli fuqaroning nomida bo‘lgan 2,4 gektar yer maydonini 980 ming AQSh dollarига sotib olishni, kelgusida hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali ushbu yer maydonlariga kottej qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishni taklif qilishgan. Oldindan bo‘nak sifatida esa 98 ming dollar talab qilishgan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Bosh Prokuratura, IIV hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Fuqarolar I. va H. Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Dilnur» oshxonasida ariza muallifidan bo‘nak sifatida 49 ming AQSh dollarини olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Fuqarolardan biri Bo‘stonliq tuman yo‘l-qurilish boshqarmasi rahbari o‘rinbosari bo‘lib chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar ushlangan. Toshkent viloyati prokuraturasi tergov harakatlarini olib bormoqda.

Oldinroq Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi va to‘rt nafar tadbirkor 40 gektar yerni 3 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganligi haqida yozgan edik.

Mart oyida huquqni muhofaza qilish organlari Bo‘stonliqdagi 4 gektar yer uchastkasini 800 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi ikkita fuqaroni qo‘lgan olgan edi.