O‘zbekistonlik professional bokschi Elnur Abduraimov (9−0, 8 KO) Las-Vegasda Dmitriy Bivol va Saul Kanelo Alvares o‘rtasidagi boks shousida ishtirok etdi.

Elnur Abduraimov va Manuel Korrea. Foto: boxingscene.com.

Osiyo chempionining raqibi, jahon chempionati bronza medali sovrindori 31 yoshli kubalik Manuel Korrea (11−1, 7 KO) mazkur janggacha biror marta ham mag‘lub bo‘lmagandi.

Jang ikkinchi yarim yengil vaznda bo‘lib o‘tdi va sakkiz raundga mo‘ljallangan edi, biroq butun belgilangan muddatgacha cho‘zilmadi: Abduraimov ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Bungacha u kubalikni ikki marta nokdaunga tushirgan edi.

«Birinchi marta shunday katta arenada, shunday katta shouda chiqayotgandim. Albatta, hayajon ham bor edi. Lekin murabbiylar nima qilishimni aytishdi. Oxir-oqibat, hammasi yaxshi bo‘ldi…», — dedi u jangdan keyin.

Elnur Abduraimov 2018 yil sentabr oyidan professional boksda ishtirok eta boshlagan. Bungacha u promouter Lou DiBella (DiBella Entertainment) bilan shartnoma imzoladi.

Abduraimovning havaskor ringdagi rekordi — 195:20. Elnur Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida ham (2017) g‘olib chiqdi va ikki marta — Dohadagi jahon chempionati (2015) va Bangkokdagi Osiyo chempionatida (2015) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Video