Farg‘ona vodiysiga qatnovchi poyezdlar harakati yana bir kunga bekor qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 5 may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilgandi.
Noqulay ob-havo tufayli poyezdlar 6 may kuni ham yurmasligi ma’lum bo‘ldi. Yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz mikdorda qaytarib beriladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Shuningdek, vodiy viloyatlari o‘rtasida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jalvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi, deyiladi xabarda.