2022 yilning birinchi choragida UzAuto Motors 619,6 mlrd so‘m sof foyda oldi, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan qariyb 75 foizga ko‘pdir. Kompaniyaning choraklik moliyaviy hisobotida mazkur ma’lumotlar o‘rin olgan.

Yanvar-mart oylarida UzAuto Motors daromadi 8,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga (4,4 tlrn so‘m) nisbatan deyarli ikki barobar ko‘pdir.

Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi 2021 va 2022 yillarga nisbatan ikki baravar oshdi: 3,55 trln so‘mdan 7,2 trln so‘mga. Biroq kompaniyaning yalpi foydasi 1 trln 470 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 64 foizga oshgan.

Kompaniyaning yanvar-mart oylaridagi xarajatlari 7,6 trln so‘mni tashkil etdi. 143 mlrd so‘m daromad solig‘i to‘langan va bu 2021 yilning birinchi choragiga nisbatan 2,15 barobarga ko‘pdir.

Birinchi chorakda UzAuto Motors sof foydasi 619,6 mlrd so‘mga yetdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 75 foiz kamroq — 352,29 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Uch oy davomida avtokonsern chiqaruvchisi 68 746 dona avtomobil ishlab chiqargan. 2021 yilda jami 236 667 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida birinchi yarim yillikda ishlab chiqarishni 160 mingtaga, yil oxiriga qadar esa ishlab chiqarishni 275 ming donaga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shu bilan birga, O‘zbekiston birinchi chorakda 43,8 mln dollarlik avtomobillar eksport qildi, bu 2021 yilning yanvar-mart oylaridagi ko‘rsatkichning atigi 45,4 foizini tashkil etadi.