15 maydan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Buxoro — Istanbul — Buxoro yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Parvozlar haftada ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways Mineralnыye Vodы (Rossiya)ga parvozlar sonini oshirayotganini ham ma’lum qildi. Ayni paytda aviaqatnovlar yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda, 4 maydan boshlab ular chorshanba kunlari ham yo‘lga qo‘yiladi.