O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Aminmanki, davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch ruhidagi uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va intilishlarimiz orqali xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi», — deyiladi tabrik maktubida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida 58,55% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning raqibi Marin Le Pen 41,45% ovoz to‘pladi.