Qarshida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

2018 yilning fevral oyida general-mayor Murotjon Azimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan edi.

2016 yilning sentabridan u O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Buxoro viloyati prokurori bo‘lgan.