Adliya vazirligida oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi 10 ta yirik savdo tarmog‘i tadbirkorlari bilan isrofgarchilik holatlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Oziq-ovqatdan noratsional foydalanish muammosi barcha mamlakatlarda mavjud: BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda dunyodagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarining 31 foizi yoki 1,64 mlrd tonnasi axlat qutisiga tashlangan. Shu bilan birga, yo‘qotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining faqatgina 25 foizi butun dunyodagi ochlik muammosini to‘liq hal qilishi mumkin.

O‘zbekistonda har yili 3 mln tonna oziq-ovqat chiqindilarga axlat qutisiga tashlanadi. Toshkentda kuniga 2 tonna, yiliga esa 730 tonna non mahsulotlari chiqindiga chiqadi, deya ma’lum qilindi yig‘ilishda.


Yig‘ilishda Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar tajribasini ko‘rib chiqqan holda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish uchun xayriya faoliyati uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, fudshering platformalari va oziq-ovqat banklari faoliyatini rivojlantirish, yaroqlilik muddatini belgilash tizimini takomillashtirish kabilarni O‘zbekistonda ham joriy etish masalasi muhokama qilindi.