Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 21 апрелдан amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

  • 1 AQSh dollari 22,43 so‘mga qimmatladi va 11 281,80 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 86,28 so‘mga ko‘tarildi va 12 245,27 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 3,40 so‘mga pasaydi va 138,57 so‘mga teng bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi 14 apreldan beri pasayib kelayotgan edi. Bundan oldin dollar kursi 18,65 so‘mga arzonlab, 11 259,37 so‘mni tashkil etgandi.