Joriy yilning 18−20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

18−20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldirorq bo‘lishi mumkin. Jumladan:

19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19−20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19−20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.


20 aprel ertalabga yog‘ingarchilik miqdori (12 soatda mm) tarqalishi xaritasi. Foto: O‘zgidromet.

18−20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba’zi joylarda chang to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.

19−20 aprelda kunduzgi havo harorati 18−23 dajagacha pasayadi.

Eslatib o‘tamiz, bir oz avval O‘zbekistonda hafta oxiri havo harorati kun davomida +35 darajagacha ko‘tarilishi, bu aprel oyining o‘rtalaridagi me’yordan 6−8 darajaga yuqori bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.