Bugun, 15 aprel kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli va issiq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet» matbuot xizmati.

Havo harorati kunduz kuni +28…+33 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lishi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Shimol va cho‘l zonalarida shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonli qor yog‘ishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati kechasi +14…+19 daraja, kunduzi +30…+35 daraja issiq bo‘ladi, bu aprel o‘rtalaridagi me’yordan 6−8 darajaga yuqori.