15 apreldan Toshkent — Bishkek yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda, deb xabar berdi Tashtrans.uz sayti. Yo‘nalishlar jadvali «Toshkent» avtovokzalining saytida e’lon qilingan.

Reyslar har kuni, kuniga ikki marta — soat 18:00 va 19:00 da amalga oshiriladi.

Toshkent — Bishkek yo‘nalishining uzunligi 601 km, yo‘lga ketadigan vaqt 12 soat 40 daqiqani tashkil etadi.

Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan (Olmazor metro bekati) jo‘naydi. Chipta narxi 250 ming so‘m, uni avtovokzal kassalaridan xarid qilish mumkin.

Toshkent — Bishkek xalqaro avtobus yo‘nalishi 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va davlatlar o‘rtasidagi chegaralar yopilganligi sababli to‘xtatilgan edi.