Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.

Bu prezident tomonidan 11 aprel kuni imzolangan [O‘RQ-762-son] qonunda aks etgan, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Unga ko‘ra, mazkur harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Shuningdek, yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini ko‘rsatishda, xalqaro yo‘lovchi tashish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik borligini tekshirmaslik ham ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mazkur o‘zgartishlar bilan bir qatorda, endi undiruv qarzdorning mol-mulkiga emas, balki uning bankdagi hisobraqamiga qaratilishi haqida ham yozgandik.