Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Abduraxmanov Dilmurod Xolyigitovich tayinlandi.

Bu haqda dushanba, 11 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev e’lon qildi.

U bunga qadar Sayxunobod tumanidagi «Politeks Sirdaryo» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi to‘qimachilik klasteri rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Dilmurod Abduraxmanov 1983 yilda Xovos tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent moliya institutini, 2010 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2011 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

Bundan tashqari, u «Shuhrat» medali sohibi ham hisoblanadi.