Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Toshkent shahrida qalbaki kupyuralarni, Toshkent viloyatida esa noqonuniy tarzda valyuta qiymatliklarini sotishga uringan fuqarolar qo‘lga oldi.

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 3 nafar shaxs boshqa bir fuqaroga 6900 AQSh dollarini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtda ushlangani aytilmoqda.

Tergov davomida muomalaga kiritilgan mazkur kupyuralar qalbaki ekanligi aniqlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyatida kuzatilgan holatda esa ikki nafar shaxs valyutani noqonuniy ravishda sotishga urindi. Fuqarolar R.Q. va L.S.lar boshqa bir fuqaro S.ga 11000 AQSh dollarini jami 125,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.