British Management University`da (BMU) Foundation 2022 dasturiga qabul davom etmoqda.

Universitet ACCA`ning (Diplomli sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi) akademik hamkori hisoblanadi va shuningdek, nomzodlar birinchi uchta ACCA imtihonini (F1-F3) topshirishlari va buxgalteriya hisobi va biznes bo‘yicha ACCA diplomini qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘lgan CBE (kompyuterga asoslangan imtihon) markaziga ega.

ACCA butun dunyoda tan olingan xalqaro professional uyushmasidir. Ko‘pincha yetakchi kompaniyalardan biri faqat ACCA malakali buxgalterlarni ishga olishadi. BMU bitiruvchilari ACCA bilimlari va buni tasdiqlovchi hujjatlar bilan xalqaro tashkilotga ishga kirish va chet elda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Moliya talabalari uchun ta’lim dasturi nafaqat fan sohasi va moliya va buxgalteriya hisobida ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rgatadigan, balki talabalarni F1 dan F9 darajalarigacha bo‘lgan ASSA imtihonlariga tayyorlaydigan modullarni birlashtiradi.

Ayni paytda universitetning 2-bosqich talabalari birinchi imtihonlarni topshirishmoqda, ulardan 13 nafari F1 (biznes va texnologiya) imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Ularning kursdoshlari ham ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirishni rejalashtirishmoqda.


sentabrda 1-bosqich talabalari Britaniyaning Riding universiteti (University of Reading, QS Rankings-2022 xalqaro universitetlar reytingining top-200 tasiga kiradi) bilan hamkorlikda Britaniya standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan Foundation dasturi bo‘yicha o‘qishni boshlaydi.

Foundation dasturi to‘liq ingliz tilida bo‘lib, til ko‘nikmalarini (xalqaro ingliz tili, akademik ko‘nikmalar) hamda biznes fanlari va axborot texnologiyalari asoslarini (biznes va boshqaruvga kirish, biznes uchun miqdoriy usullar, biznes uchun axborot texnologiyalariga kirish) qamrab oladi.


Universitet talabalari boy va rang-barang talabalik hayotini olib boradilar. BMU`da talabalarning shaxsiy rivojlanishi va dam olishi uchun har bir talaba uchun axborot texnologiyalari, munozalar, shaxmat, futbol va stol tennisi bo‘yicha qiziqish klublari, shuningdek, ijodiy yozuvchi klub va she’riyat klubi tashkil etilgan.

Universitetda dunyoda mashhur bo‘lgan International Toastmasters ta’lim tashkiloti tarkibiga kiruvchi notiqlik klubi ham mavjud.

Bundan tashqari, o‘qish jarayonini rivojlantirish, talabalarning malakasini oshirish, ularni universitetda hayot va mehnatga tayyorlash maqsadida akademik muvaffaqiyat markazi (Academic Success Centre) ochildi.


Britaniya menedjment universiteti haqida

British Management University Vazirlar mahkamasining 2020 yil 8 maydagi qaroriga asosan tashkil etilgan. Mazkur oliy ta’lim muassasasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi. O‘qitish faqat ingliz tilida olib boriladi.

BMU`ning muhim afzalligi — Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Germaniya, Rossiya va Xitoyning taniqli xalqaro universitetlarida katta tajribaga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy o‘qituvchilarning kuchli jamoasidir. Universitetning professor va o‘qituvchilari orasida dunyoning mashhur universitetlari, jumladan, Kembridj, Garvard, Massachusets texnologiya instituti, London iqtisodiyot maktabi va Edinburg universitetida ilmiy darajalarni olgan xorijlik mutaxassislar ko‘p. Universitetning 90% professorlari QS Rankings-2022 xalqaro universitetlar reytingidagi top-100 tasiga kirgan universitetlarda tahsil olishgan.

Britaniya menedjment universiteti nafaqat bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashni kafolatlaydigan, balki dunyoning istalgan mamlakatida raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradigan yuqori talabga ega bo‘lgan mutaxassisliklarni taklif etadi.

O‘qishning ikkinchi yilidan boshlab talabalar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil oladilar:

  • Xalqaro buxgalteriya hisobi va audit (ACCA hamkori);
  • Bank ishi va moliya;
  • Quyidagi yo‘nalishlardan biriga ixtisoslashgan biznes boshqaruvi:
    • Loyiha boshqaruvi;
    • Xalqaro logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvi;
    • Raqamli marketing va elektron tijorat;
    • Tadbirkorlik va innovatsiyalarni boshqarish (turizm va mehmonxona biznesi sohasida).


Qanday qilib BMU talabasi bo‘lish mumkin

Universitetga kirish uchun abituriyentlar universitetning saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Keyingi bosqichda eng kami 5,5 ball IELTS yoki ushbu ballga to‘g‘ri keladigan TOEFL, Duolingo, Pearson English Test (PET) sertifikatini taqdim etish kerak. Yoki universitetda ingliz tilidan imtihonini topshirish va til egasi bilan suhbatdan o‘tish mumkin.

Universitet yaqinda British Council IELTS hamkorlik dasturiga qo‘shildi, bu esa nomzodlarga universitetda ro‘yxatdan o‘tish va IELTS imtihonini topshirish imkonini beradi.

Qabul qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotni BMU saytida How to Apply (saytning pastki o‘ng burchagidagi qizil tugma) bo‘limida olish mumkin.

Arizalar 31 iyuligacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 95−511−99−99.

E-mail: info@bmu-edu.uz
Sayt: bmu-edu.uz
Instagram: @bmuedu
Telegram: t.me/bmuedu

Reklama huquqlari asosida.