8−11 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Xususan, 8 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda bu 23−25 m/s gacha bo‘lishi mumkin;

9 aprel, shanba kunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birgalikda Xorazm, Jizzax viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida ham shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi.

Yakshanba kuni Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ham xuddi shunday ob-havo kuzatiladi.

Keyingi haftaning birinchi kuni 11 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha borib, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.