Google qidiruv tizimida izlanadigan so‘rovlarni tahlil qiluvchi Google trends ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 2021 yil 6 apreldan 2022 yil apreligacha asosan Hyundai va Kia brendlariga tegishli avtomashinalar bilan qiziqishgan.


Qayd etilishicha, Google orqali Buxoro, Xorazm, Navoiy, Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlarida asosan Hyundai avtomashinalari izlanadi. Keyingi o‘rinda turuvchi Kia bilan Jizzax va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrida istiqomat qiluvchilar ko‘proq qiziqadi.

UzAuto tomonidan ishlab chiqarilayotgan mashinalar brendi hisoblangan Chevrolet Surxondaryo va Namangan viloyatlarida avtobrendlar xaqidagi so‘rovlar ichida lider hisoblanadi.

BMW`ga asosan Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchilar qiziqsa-da, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ham ushbu brendga qiziqish katta.

Toshkent shahrida yashovchilarni ham Kia`dan so‘ng BMW va Hyundai ko‘proq qiziqtiradi.

Shuningdek, o‘zbekistonliklar Tesla, Mercedes va boshqa brendlarga ham qiziqish bildirishadi, ammo sanab o‘tilgan beshta brend eng yuqori o‘rinlarni egallagan.