1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi

Prezident qaroriga muvofiq, 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlanadi. Unga ko‘ra, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi ma’lum muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi. Qoida buzmagan haydovchilarga esa bonus ballari beriladi.

O‘zbekistonda «Xavfsiz yo‘l» indeksi joriy etiladi

Respublikaning barcha tuman va shaharlarida «Xavfsiz yo‘l» indeksi joriy qilinadi. Unda hududlarning yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish holati 29 ta indikator bo‘yicha har chorakda baholanadi. Shunga ko‘ra, tuman va shaharlar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi.

Toshkentda avtomobil haydash «juda qo‘rqinchli» — Buyuk Britaniya elchisi

«Dunyoning boshqa hech bir mamlakatida men ikki tomonlama qatnov o‘rtasidagi burilib olishlarga duch kelmaganman, bu juda qo‘rqinchli», — dedi Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlou. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chalarning to‘g‘ri dizayni, cheklangan tezlikka rioya qilish va haydovchilikka o‘qitishni qayta ko‘rib chiqish vaziyatni yaxshilashi mumkin.

«Maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident maktablardagi ta’lim sifati va muallimlar salohiyati pastligini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda maktabning eng katta muammosi o‘qitish metodikasi mutlaqo eskirganligida. «Afsuski, maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Qolaversa, yanvardagi yig‘ilishda yuklatilgan topshiriqlarni bajarmagan ayrim hokimlarga oxirgi marta 3 oy muddat berildi, keyin, jiddiy chora ko‘riladi.

Maktab o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlandi

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘qituvchilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlanganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kelgusi 3−4 yilda barcha o‘qituvchilar yangi metodika asosida o‘qitiladi. Buning uchun har bir viloyat kesimida «trenerlar guruhlari» shakllantiriladi. Ushbu maqsadlar uchun qo‘shimcha 100 mln dollar yo‘naltiriladi.

1 sentabrdan maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi

1 sentabrdan maktab direktorlarini sertifikatlash tizimi joriy etiladi va shunga ko‘ra ular lavozimga tayinlanadi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev «yangi o‘quv yiliga qadar tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan 173 ta maktab tashkil etilishi shartligi va bunga viloyat, shahar va tuman hokimlari javobgar ekanligini» ta’kidladi.

Hokimlarga o‘z hududida radar o‘rnatish huquqi beriladi

Prezident qarori bilan tuman (shahar) hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berilmoqda. Shuningdek, tumanlar va shaharlardagi aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatiladi.

Jismoniy shaxslar to‘lov hujjatlariga STIR o‘rniga JSHSHIRni kiritadi

9 apreldan boshlab jismoniy shaxslar to‘lov hujjatlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami o‘rniga JSHSHIRni ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

Nima uchun O‘zbekistonda intellektual mulk himoyasi past darajada? Intellektual mulk agentligi javob berdi

Aholi huquqiy madaniyatining pastligi, qonunlarning eskirgani, jarimalarning pastligi, sudyalarning sohaga oid yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emasligi va boshqalar — Intellektual mulk agentligi O‘zbekistonda intellektual mulk himoyasi darajasining pastligi sabablarini sanab o‘tdi.

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi endilikda faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi. Hukumat tasdiqlagan ma’muriy reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi, ijarachi esa uni besh kun ichida tasdiqlashi shart.

O‘zbekiston hakamlik sudlari sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekiston hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Toshkent shahar hakamlik sudyasi 2,5 ming dollar pora olayotganda ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi. Jinoyat ustida qo‘lga olingan shaxsning Xalqaro arbitraj sudi sudyasi ekani ma’lum qilindi.

Maishiy texnikalarni markirovkalash aprel oyida boshlanadi

15 apreldan maishiy texnika vositalarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladi.

35 ta OTMga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilishi mumkin

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilishi mumkin. Shuningdek, 5 xil toifadagi shaxslarning ta’lim tashkilotlarida pedagog sifatida faoliyat olib borishini taqiqlash taklif qilinmoqda.

«Kutganimizchalik arzon emas ekan» — Belarusdan O‘zbekistonga kelgan IT-mutaxassislarining dastlabki taassurotlari

Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng O‘zbekistonga ko‘chib kelgan bir nechta IT-mutaxassislar o‘zlarining dastlabki taassurotlari bilan bo‘lishdi. Dasturchilar, nega aynan O‘zbekistonni tanlashgani, yashash sharoiti, ijara narxining qimmatligi haqida fikr bildirishgan.