«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi Zira.uz bilan birgalikda oylarning sultoni bo‘lmish Ramazon oyida saharlik va iftorlik uchun ham mazali, ham to‘yimli, ham foydali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Saharlik uchun

Nonushtabop galetalar


Galetalar juda xushxo‘r va mazali yeguliklar hisoblanadi. Tavsiya: agar xamir va asosni bir kecha kun oldin tayyorlab qo‘ysangiz, ishingiz anchagina yengillashadi.

Pishloqli xachapuri


Xachapuri bu Gruziyaning butun dunyoga tanilgan yeguliklaridan biri hisoblanadi. Bu mazali yegulikni tayyorlash juda ham oson. Pishloq solib pishiriladigan bu xachapurini tovada tezda tayyorlab olamiz.

Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo‘tqa


Guruchli bo‘tqa nafaqat to‘yimli va foydali, balki mazali ham bo‘lishi aniq. Ushbu taom saharlik uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta’minlaydi.

Feta pishlog‘i va pomidordan quymoq


Agar siz oila a’zolaringizni saharlikka foydali, yengil va noodatiy taom bilan mexmon qilmoqchi bo‘lsangiz, bunda sizga feta pishlog‘i va pomidordan tayyorlangan quymoq yordam beradi.

Pishloq, ismaloq va tuxumli sloykalar


Pishloq va tuxumli sloykalar nonushta uchun juda mos keladigan ajoyib pishiriqdir. Ushbu qarsildoq sloykalarni tayyorlash uchun muzlatgichda tayyor xamir va juda oz vaqt kerak bo‘ladi.

Iftorlik uchun

Frikadelkali turkcha sho‘rva


Mana bunday frikadelkali sho‘rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib iftorlik vazifasini bemalol uddalay oladi.

Tovuq va sabzavotli toblatma


Asosiy taomni ham, unga qo‘shimcha gazakni ham o‘z ichiga oluvchi taomdan tayyorlab ko‘ring. Bunday antiqa taom iftor dasturxonini bezaydi.

Bedana tuxumli teftellar


Bedana tuxumi ushbu taomga o‘zgacha ta’m taqdim etib, uni yanada mazaliroq qiladi. Mahsulotlar oddiyligiga qaramay, taom noodatiy va qiziqarli bo‘lib chiqadi.

Yasmiqli turkcha krem-sho‘rva


Ushbu xushbo‘y sho‘rva limon bo‘lagi bilan dasturxonga tortiladi, so‘ngra limon sho‘rvaga siqib iste’mol qilinadi. Bunday sho‘rvani tayyorlash juda oson, qolaversa tanovvul qilinganidan so‘ng, oshqozonda og‘irlik xissini tug‘dirmaydi.

Baqlajon va pishloq bilan pishirilgan tovuq go‘shti


Bunday taomni tayyorlash juda maroqli va qiziqarli. Tovuq go‘shti, baqlajon va motsarella pishlog‘i uyg‘unlashuvi juda mazali ta’mni hosil qiladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15