O‘zgidromet O‘zbekiston bo‘yicha 1−3 aprel kunlari kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Mart oyining oxirgi kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq havo kirib kelishi boshlandi, ushbu holat aprel oyining birinchi haftasida ham davom etadi, deyiladi xabarda.

1 aprel kunduz kuni va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati +20, +24 darajagacha, ba’zi joylarda +25, +28 darajagacha isiydi. Bu aprel oyi boshidagi ko‘p yillik qiymatlardan +4, +6 darajaga yuqoridir.

Respublika hududining katta qismida ushbu kunlarda asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 2 aprel shanba kuni havo bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin.