Abdulaziz Oqqulov O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Nigoh» Telegram kanali xabar berdi.

Bunga qadar Oqqulov Turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Oqqulovga qadar bu lavozimda 2019 yilning fevralidan 2022 yilning fevraliga qadar Baxtiyor Ibragimov ishlagan edi. U joriy yilning fevral oyida Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.