O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2022 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Fitr sadaqasi quyidagi to‘rt narsaning qiymati barobarida chiqariladi.

2022 yil uchun fitr sadaqasining miqdori:

  • 2 kilogramm bug‘doy 10 000 (o‘n ming) so‘m;
  • 4 kilogramm arpa 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
  • 2 kilogramm mayiz 100 000 (yuz ming) so‘m;
  • 4 kilogramm xurmo 160 000 (bir yuz oltmish ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi, deyiladi xabarda. Mazkur narxlar Toshkent shahridagi narxlarga asosan belgilangan, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Bu yilgi fidya miqdori esa bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, uning o‘rtacha qiymati — 25 ming so‘m etib belgilandi.

Bundan tashqari, zakot nisobi — 34 million so‘m va undan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan kishi, jami mablag‘ining qirqdan birini (1/40) zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.