O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro miqyosda tan olish mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Xitoyda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlar konferensiyasida Afg‘oniston muvaqqat hukumatini xalqaro tan olish mexanizmlari va mezonlarini ishlab chiqishni taklif qildi.

Toshkentda taroveh namozlari vaqtida ayrim masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi

Toshkent shahrida taroveh namozlari o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlar atrofidagi ko‘chalar har kuni soat 18:00 dan 00:00 gacha transport vositalari harakati uchun yopiladi(ro‘yxat).

2022 yil uchun fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.

Ramazon oyida 2085 masjidda taroveh, 1525 jomeda xatmi Qur’on o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Ramazon oyida O‘zbekistondagi 2085 masjidda taroveh, 1525 jomeda xatmi Qur’on o‘qilishini ma’lum qildi.

Samarqand, Termiz va Denovdan Tojikiston shaharlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

2 apreldan tajriba-sinov tariqasida Samarqand, Termiz va Denovdan Tojikistonning Dushanbe va Panjikent shaharlariga avtobus qatnovlari amalga oshiriladi. Chipta narxlari somoniyda ko‘rsatilgan.

Dam olish kunlari harorat ko‘p yillik qiymatlardan 4−6 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati ayrim joylarda 28 darajaga yetadi.

2023 yildan fuqarolarni tekshirish uchun IIBga olib borish tartibidan voz kechilishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 2023 yildan boshlab fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda. Bunda «E-patrul» tizimi joriy etilib, barcha ma’lumotlar hodisa joyida planshet orqali tekshiriladi.

O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlari qurilish ishlariga jalb qilinadi

Payshanba kungi videoselektorda prezident viloyat hokimlariga vatanga qaytgan mehnat migrantlarini qurilish ishlariga jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Ularga asbob-uskunalar xarid qilish uchun subsidiya ham ajratiladi. Qolaversa, Sirdaryo viloyati hokimi o‘z hududida qariyb 2 ming, Namangan viloyati hokimi esa 17 ming migrant qaytib kelganini ma’lum qildi.

Bosh vazir Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi

Tashrif doirasida u ikki davlat chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

YeTTB: Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekistonda YAIM o‘sish sur’atining pasayishi kutilmoqda

YeTTB Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini prognoz qilmoqda. Bankning mintaqa mamlakatlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIM 6 foizga emas, 4 foizga o‘sishi kutilmoqda. Rossiya iqtisodiyotida yuzaga keladigan turg‘unlikning mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri 2023 yilda ham saqlanib qoladi.

Afg‘on masalasi diqqat markazida qolishi kerak — Norov

Dunyodagi hodisalar munosabati bilan afg‘on masalasi jahon siyosatida ikkinchi darajaga tushib ketdi. «Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xalqaro hamjamiyat ushbu mamlakatning buguni va ertasi uchun javobgarlikni zimmasiga olishi kerak», — deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov BMT vazirlar anjumanida.

10 apreldan respublika bo‘ylab ommaviy sport tadbirlari o‘tkaziladi

Juma kungi yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev 6 mln nafar yoshlar ishtirokida 10 apreldan mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan topshiriq berdi. Buning uchun har bir viloyatga 100 mln so‘mgacha, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash uchun 1 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi

2022 yilning mart oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 1,5 foizni, yillik nisbatda (2021 yilning mart oyiga nisbtan) 10,5 foizga yetdi. Oy davomida shakar narxi 12,8 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, mart oyida un narxi 2 foiz, sut 2,5 foiz, kungaboqar yog‘i 3,1 foiz, paxta yog‘i narxi 2,1 foizga oshgan bo‘lsa, tuxum narxi — 0,9 foizga pasaygan.

Muammoli kreditlar soliq to‘lovchilar hisobidan to‘lanishi mumkin

Hukumat 2017−2021 yillarda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilgan va qaytarilmagan muammoli kreditlarni mahalliy budjetlarning rejadan oshirib bajarilgan qismidan qoplash masalasini muhokama qilmoqda. 2021 yilning o‘zida ushbu dastur bo‘yicha 2,8 trln so‘m (245,7 mln dollar) miqdoridagi muammoli kreditlar ajratilgan. Avvalroq MB rahbari «imtiyozli kreditlar bor joyda noto‘g‘ri foydalanish tendensiyasi va korrupsiya unsurlari paydo bo‘lishi» haqida ogohlantirgan edi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Ramazon oyida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

Ramazon paytida haddan tashqari ko‘p ovqat yeyish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘za paytida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar bilan bo‘lishdi. «Gazeta.uz» ularni taqdim etadi.

Xo‘sh, kim javob beradi? «Zakovat» bilimdoni va UzQuiz asoschisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbat

20 yildan ortiq vaqt davomida aql janglari maydoni bo‘lib kelayotgan «Zakovat» ko‘plab bilimdonlarni xalqqa tanitdi. «Gazeta.uz» zakovatchilar bilan intervyuning navbatdagi qismida «Zakovat» bilimdoni, UzQuiz asoschisi va boshlovchisi Saidkamol Abdurazakov bilan suhbatni taqdim etadi. U klubga qanday a’zo bo‘lgani, «Zakovat» o‘yini boshlovchisi sifatidagi tajribasi va kitoblarning inson hayotidagi o‘rni haqida gapirdi.