«O‘zbekkosmos» agentligi Buyuk Britaniyaning Dialogue Events kompaniyasi bilan birgalikda 10−11 may kunlari Toshkentda Markaziy Yevroosiyo mintaqasida birinchi Space Technology Conference STC-2022 konferensiyasini o‘tkazadi, deb xabar qildi agentlik «Gazeta.uz»ga.

Anjuman «Kosmik texnologiyalar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni» mavzusiga bag‘ishlanadi.

Xalqaro konferensiyada quyidagi vakillar ishtirok etishi kutilmoqda:

• Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligining Aerokosmik qo‘mitasi;

• Turkiya kosmik agentligi (TUA);

• Ozarbayjon kosmik agentligi (Azercosmos);

• BAA kosmik agentligi,

• Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi aloqa sohasida tartibga solish va nazorat qilish xizmatlari;

• BMTning Kosmos masalalari boshqarmasi (UNOOSA);

• BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi;

Kosmik faoliyat sohasidagi yetakchi kompaniyalar: Maxar (AQSh), SpaceX (AQSh), Airbus (Fransiya), Planet (AQSh), SSI Monaco (Monako), SES (Lyuksemburg), Viasat (AQSh), OneWeb (Buyuk Britaniya), ESRI (AQSh), Satellogic (AQSh), Gilat (Isroil), HEAD (Xitoy), TurkSAT (Turkiya), NEC (Yaponiya), Leonardo S.P.A. (Italiya), Ghalam (Qozog‘iston), Aviators (BAA).

Anjuman doirasida «Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun kosmik texnologiyalarni qo‘llash», «Yo‘ldosh aloqasi: hukumat, biznes, iste’molchi», «Barqaror rivojlanishda Yerni masofadan turib zondlash texnologiyalarining o‘rni», «Uchuvchisiz uchish apparatlari: sanoat va tijoratlashtirish» kabi mavzularda sessiyalar o‘tkaziladi.