Davlat ekologiya qo‘mitasi va «MEGAWATT MOTORS» MCHJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.


Qo‘mitaning avtoparki allaqachon 10 ta elektromobil bilan to‘ldirilgan bo‘lib, kelajakda ko‘mitaning barcha xizmat mashinalarini elektromobillarga almashtirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu avtomobillarni muqobil energiya manbalari hisobidan quvvatlash tizimini joriy qilish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Mamlakatda har yili atmosfera havosiga 2,3 mln tonnaga yaqin zararli chiqindilar tashlanadi. Shuning 60 foizga yaqini avtotransport vositalaridan ajralayotgan zararli chiqindilardir.