Qozog‘iston №647/648-sonli «Nukus — Beyneu — Nukus» va №½ «Olmaota — Toshkent — Olmaota» yo‘nalishidagi xalqaro poyezdlar harakatining qayta tiklanishini karantin cheklovlari tufayli qoldirdi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi xabar berdi.

Ushbu qaror Qozog‘iston hududida koronavirus infeksiyasi paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Idoralararo komissiya yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Chipta sotib olgan yo‘lovchilar temir yo‘l kassalariga murojaat qilishlari mumkin, bu yerda ularga chiptalar puli to‘liq qaytariladi yoki boshqa muddatga qayta rasmiylashtiriladi.

Avvalroq, 1 apreldan Nukusdan Qozog‘istonning Beyneu shahriga (Mang‘istau viloyati markazi) yo‘lovchi poyezd harakati tiklanayotgani haqida xabar berilgandi.