«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali kekslar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Shokoladli keks


Har bir uy bekasining muzlatgichida mavjud bo‘lgan, oddiy masalliqlardan tayyorlanadigan xushbo‘y shokolad isiga ega juda mazali keks.

Keks-chizkeyk


«Keks pishiraymi yoki chizkeyk» deb o‘ylanayotgan pazandalarimiz uchun ajoyib yechim. Tvorogli nozik nachinkaga ega shokoladli keks-chizkeyk bir piyola choy yoki qahva uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘la oladi.

Smetanadan tayyorlangan «Zebra»


Smetanadan tayyorlangan «Zebra» pirogi — juda mazali, noodatiy va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lib pishadi. Bunday pirog o‘zining ajoyib ko‘rinishi va mazali ta’mi bilan oila a’zolaringiz ko‘nglidan joy olishi aniq.

Turshak va apelsinli keks


Ushbu oson tayyorlanadigan mazali va xushbo‘y keks — oilaviy choy ichishlar uchun ayni muddao bo‘la oladi. Keksning yorqin rangi esa sizning kayfiyatingizni ko‘tarib, energiya bilan to‘ldiradi.

Qaynagan suvdan tayyorlangan shokoladli keks


Agar uyingizga mehmon kelish arafasida bo‘lsayu, ammo muzlatgichda masalliqlar yetarlicha bo‘lmasa, unda ushbu ajoyib va noodatiy shokoladli keks retsepti sizni qutqarishi mumkin.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15