O‘zbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova 24 mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi. U mamlakatning savdoni erkinlashtirishdagi yutuqlari va tegishli xavf-xatarlar haqida gapirdi.

Yutuqlar

Galina Saidova o‘z nutqini O‘zbekiston besh yil ichida savdo-sotiqni liberallashtirish va integratsiya jarayonlarini rivojlantirish orqali nimalarga erishgani bilan boshladi.

«Biz valyuta bozorini juda tez va juda samarali liberallashtirishga erishdik. Qisqa qilib aytganda, biz ilgari valyutani tartibga solish orqali tashqi savdoni nazorat qilardik. Bu tashqi savdoni nazorat qilish uchun eng kuchli va eng salbiy instrument hisoblanadi. Biz uni yengib o‘ta oldik va qisqa muddat ichida kurslarni birlashtirish va to‘liq konvertatsiya qilishni ta’minlay oldik», — deya qayd etdi mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri.

Valyuta erkinlashtirilishi natijasida tashqi savdo bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni ikki baravarga ko‘paydi.

Shuningdek, O‘zbekiston «bojxona stavkalarini keskin qisqartirish» hisobiga tashqi savdoni erkinlashtirishga erishdi.

«Men sizlarga aytsam, faqat so‘nggi besh yil ichida bojxona stavkalari ikki baravarga qisqardi. Agar o‘rtacha bojxona stavkasi 15,8% bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib u 8% dan kamroq. Ya’ni, bu deyarli ikki baravarga kam degani. Va bu tashqi savdoni jiddiy rag‘batlantira oldi», — deya ta’kidladi u.

Tashqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 mlrd dollardan 2021 yilda 42 mlrd dollargacha — 1,7 baravarga oshdi. Eksport hajmi 1,4 baravarga, import esa — ikki baravarga o‘sdi, dedi prezident maslahatchisi o‘rinbosari.

«Katta uchlik ilk marotaba O‘zbekistonga suveren reyting berdi, ustiga-ustak barqaror va xatto ijobiy baholadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti reytingida biz oltinchi guruhdan beshinchiga ko‘tarildik. Aslini olganda bu juda jiddiy qadam bo‘ldi», — dedi Galina Saidova.

Biznes yuritishni yaxshilash uchun O‘zbekiston ichki siyosiy islohotlarni o‘tkazdi, birinchi o‘rinda bolalar majburiy mehnatidan voz kechdi. Shu va boshqa islohotlar Yevropaning GSP+ preferensiyali rejimini qo‘lga kiritishga zamin yaratdi, bu esa 6200 dan ortiq mahsulotlar turlarini Yevropa davlatlariga bojsiz eksport qilish imkonini beradi.

«Biz Cotton Campaign bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qildik. Bu bizga Yevropadan tashqarida ham, shu jumladan to‘qimachilik mahsulotlari uchun AQSh, Kanada va boshqa mamlakatlar bozorlarini ochadi. Bu yetarli darajada jiddiy», — dedi u.

Xavf-xatarlar


Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».

Galina Saidova shuningdek, savdoni liberallashtirish va iqtisodiy integratsiya amalga oshirilishida O‘zbekiston uchun xavf-xatalarni ham sanab o‘tdi. Jiddiy xatarlardan biri bu — cavdoni erkinlashtirish va ish o‘rinlari yaratish masalalari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash zaruratidir, dedi u.

«Barcha, ayniqsa, O‘zbekistonda demografik muammolar ta’sirida biz uchun shunchaki emas, balki haqiqatda ish o‘rinlarini yaratish juda muhimligini yaxshi tushunadi. Xalqimiz yetarli darajada yuqori bilimga ega. Va gap ta’lim, madaniyat, ilmiy darajalar va boshqalarga mos ravishda ish o‘rinlarini yaratish haqida ketmoqda. Ya’ni, hech bo‘lmaganda munosib haq to‘lanadigan, men yuqori maosh to‘lanadigan so‘zlaridan hayiqaman, biroq, hech bo‘lmaganda munosib haq to‘lanadigan ish o‘rinlari», — dedi prezident maslahatchisi o‘rinbosari.

Prezident Administratsiyasi vakilasining ta’kidlashicha, import uchun chegaralarni ochuvchi savdo liberallashuvi «o‘ziga xos qarama-qarshilikka ega».

«Biz buni qanday qilib hal qilmoqchimiz? Bu qarama-qarshilikka yechim topish kerak. Qoqilmaslik va yana qandaydir proteksionistik choralarga qaytmaslik uchun birinchi navbatda, mana shunday go‘zal shiorlar ostida ish o‘rinlarini yaratish, tashqi savdoni rivojlanishi hamda ishlab chiqaruvchilarimiz va boshqa mamlakatlar ishlab chiqaruvchilarining mutanosib raqobatbardoshligiga esa to‘sqinlik qilmagan bo‘lardik», — dedi u.

Galina Saidova O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish mexanizmi chuqur joriy etilayotganini, xususan, o‘z xom ashyosini chuqur qayta ishlashga o‘tish jarayoni yakunlanayotganini ta’kidladi.

«Oddiy misol: biz paxtani eksport qilardik. Men sizlarga aytsam: biz paxta eksportidan bir vaqtlar yaxshi kon’yunktura vaziyatida amal-taqal qilib, 800 milliondan 1 milliard dollargacha olardik. Biz paxta eksportidan deyarli butunlay voz kechdik. Paxta eksporti bo‘yicha juda kichik raqamlar qolgan. Va bugungi kunga kelib, 2021 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3 mlrd dollardan oshadi. Paxtadan esa — bor yo‘g‘i 136 mln dollar. 3 milliard dollar qayerdayu, oldingi milliard dollar qayerda», — dedi u.

Paxta xom ashyosi eksportidan voz kechish va uni mamlakat ichida qayta ishlash eksport salohiyatini uch baravar oshirishga zamin yaratdi.

«Huddi shuni tabiiy gaz bilan qilishimiz mumkin. Huddi shuni mis bilan ham qilishimiz mumkin. Huddi shuni rux va boshqalar bilan ham qilishimiz mumkin», — deya tushuntirdi maslahatchi o‘rinbosari.

Uning ta’kidlashicha, mahalliy xom ashyo asosida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish muayyan darajada muammoni hal qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni, shunchaki eksport hajmi oshibgina qolmaydi, balki, «munosib haq to‘lanadigan» ish o‘rinlari ham yaratiladi.

Galina Saidova savdoni liberallashtirish uchun ikkinchi yo‘nalish sifatida xalqaro kooperatsiyani qayd etdi. Uning doirasida O‘zbekiston yarim tayyor mahsulotlar sotib olish yoki ularni realizatsiya qilish orqali «global qo‘shilgan qiymat zanjiriga moslashishi» mumkin.

O‘zbekiston ham rivojlangan davlatlar faoliyat yuritayotgan savdo modeliga o‘tishi mumkin. Gap hech qanday cheklovlarsiz xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlarni import qilish va tayyor mahsulotni eksport qilish haqida ketmoqda.

«Buning uchun esa mahsulotlarning ham narx, ham sifat jihatidan yuqori raqobatbardoshligiga erishish kerak. Biroq, bu to‘g‘ri model. Bu hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar ishlayotgan model hisoblanadi. Bunga darhol erishib bo‘lmaydi, lekin bosqichma-bosqich biz ushbu modelda bemalol ishlashimiz mumkin. Va u hech qanday proteksionistik choralarsiz savdoni liberallashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi, bizga yangi sanoat va munosib haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatini beradi», — deya ta’kidladi u.

Maslahatchi o‘rinbosari ikkinchi «qarama-qarshilik» sifatida tashqi savdodagi yirik defitsitni qayd etdi.

«O‘tgan yili mazkur defitsit 8 mlrd so‘mdan oshib ketdi. Bir daqiqa, bu umumiy tashqi savdo hajmi 42 mlrd dollarni tashkil qiladigan O‘zbekiston uchun kichkina raqam emas. To‘lov balansi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, umuman chet yel kapitali va mehnat muhojirlari daromadlarining tezlashtirilgan oqimi bilan qoplanadi. U yopilmoqda — bizda barqaror to‘lov balansi mavjud, biroq, shunga qaramay, bu raqam o‘ziga e’tiborni tortadi», — deya ta’kidladi u.

Prezident Administratsiyasi vakilasi savdo defitsiti muammosini hal qilish kerak deb hisoblaydi, chunki «biz moliyaviy resurslarning kiruvchi oqimlari muvozanatini ta’minlashimiz kerak». Buning uchun esa u «iloji boricha tezroq xom ashyoni eksport qilishdan tayyor mahsulotni eksport qilishga o‘tishni» taklif qilmoqda.

Paxta xom ashyosini qayta ishlovchi paxta-klasterlaridan tashqari, O‘zbekiston bugungi kunga kelib, mis klasteri, shuningdek, gaz xom ashyosi va boshqa turdagi xom ashyoni chuqur qayta ishlaydigan oltita kimyoviy klasterni tashkil etmoqda.

«Biz ushbu bazada juda jiddiy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini yaratamiz, ustiga-ustak ular ochiq platformada bo‘ladi. Ochiq platforma nimani anglatadi? Biz har qanday investorni taklif qilamiz, xoh u mahalliy, xoh xorijiy bo‘lsin, ularga o‘z texnologiyalari, «nou-xau"larini olib kirishi uchun sharoitlarni yaratib beramiz, joy beramiz, infratuzilma qilib beramiz. Lekin, ular shu yerda biz bilan birga xom ashyolarimizni qayta ishlashi, shunga mos ravishda ish o‘rinlari yaratishi kerak», — dedi u.

Hozir O‘zbekiston «tayyor mahsulotga mos keladigan mahsulotlarni qayta ishlash bosqichlaridagi» yuqori texnologiyali tarmoqlarga xorijiy investorlarning kirib kelishini rag‘batlantirmoqda, dedi Galina Saidova.

Uning fikricha, «O‘zbekiston bugungi kunda, ayniqsa, so‘nggi paytlarda juda og‘ir his qilayotgan va mavjud bo‘lgan» navbatdagi xatar bu — logistika.

«Biz uchun bular jiddiy xatarlardir. Agar siz xaritaga qarasangiz, O‘zbekiston qayerda joylashganini ko‘rasiz. Ochiqchasiga aytamiz, bugungi vaziyat sharoitida bizning logistika imkoniyatlarimiz yomonlashdi. Hozir ma’lum hududlarni aylanib o‘tishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Yumshoqroq qilib aytganda, bu bizga yoqmayapti. Qo‘polroq qilib aytganda, bu bugungi holatimizni hisobga olsak, hech vaqo emas», — dedi u.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishni osonlashtiradigan muqobil transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha juda ko‘p ishlar qilinishi kerak.

«Tabiiyki, yaqin atrofdagilar bilan savdoni rivojlantirish [kerak]. Kimga transport bilan yetib olish osonroq bo‘lsa. Xaritaga qaraydigan bo‘lsa, men ularni sizga aytishimga ham hojat qolmaydi. Yaqin atrofimizda katta salohiyatli, katta hajmli bozori va ko‘p aholisi bor bo‘lgan yirik davlatlar mavjud. Ba’zi mamlakatlarga yetib borish qiyin, biroq, bu bizning chellenj, bu bizning chaqiruv, bu bizning vazifamiz. Biz u yerga yetib borishimiz kerak, buning uchun esa mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirishimiz kerak», — dedi u.

Galina Saidovaning so‘zlariga ko‘ra, to‘rtinchi xavf-bu aqlli va muvozanatli siyosatni amalga oshirish zarurati. Gap global va mintaqaviy integratsiya jarayoni haqida ketmoqda.

«Agar buni xarflarda aytsak — bu JST, bu YeOII. Ya’ni, biz ham u, ham bu yo‘nalishda ish olib borayapmiz. Biz ijobiy, salbiy, qiyinchilik va zarurat tomonlarini har ikkalasida ham ko‘rayapmiz. Tegishli organlar mahorat bilan tegishlicha ishlarni amalga oshirishi kerak. Ham global integratsiya, ham mintaqaviy integratsiya juda yaxshi amalga oshirilishi uchun. Agar biz yetarli darajada oddiy bo‘lmagan mazkur to‘rtta blokdagi muammoni hal qila olsak, tashqi savdo faoliyatini liberallashtirishning keyingi bosqichi va mahsulotimizning raqobatbardoshligini oshirishda keyingi pog‘ona haqida gapirishimiz mumkin», — dedi u.

2020 yilning oxirida Galina Saidova fransuz moliyaviy gazetasi La Tribune uchun bergan maqolasida sovet ittifoqi davridan meros bo‘lib qolgan O‘zbekistonning oldingi iqtisodiy modeli turg‘unlikka olib kelganini qayd etgandi.