«Toshkent xalqaro marafon"i o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtning tadbir o‘tkazilishi mo‘ljallangan ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

25 mart kuni soat 16:00dan 27 mart kuni soat 18:00 gacha:

  • Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha;

27 mart kuni soat 05:00dan 18:00 gacha:

  • I. Karimov ko‘chasi: Olmazor ko‘chasidan Sh. Rashidov ko‘chasigacha;
  • Sh. Rashidov ko‘chasi: I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
  • Shahrisabz ko‘chasi: A.Temur ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi: Shahrisabz ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;
  • Oybek ko‘chasi: Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha;
  • Nukus ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
  • A. Qodiriy ko‘chasi: Abay ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha transport vositalari harakati uchun vaqtincha to‘xtatiladi.

Ma’lumot uchun, yugurishni rivojlantirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ushbu marofon to‘rtinchi bor o‘tkazilishi kutilmoqda. «Toshkent xalqaro marafoni» World Athletics Label maqomini olishi mumkin. World Athletics — bu musobaqalar va sportchilarning rasmiy reytinglarini tuzish huquqiga ega bo‘lgan dunyodagi yagona tashkilotdir.

Fevral oyida bosh vazir o‘rinbosari, turizm madaniy meros vaziri (o‘sha vaqtda turizm va sport vaziri edi — tahr.) Aziz Abduhakimov World Athletics Label maqomi butun dunyodan yuguruvchilarni marafonda ishtirok etishga jalb qilishi, chunki bu marafon yuqori darajada tashkil etilgani va xalqaro standartlarga mosligini tasdiqlashini ta’kidlagan edi. Bundan tashqari, Toshkent marafoni natijalari jahon miqyosida rasman tan olinadi.