23 mart, chorshanba kuni O‘zbekistonda 6 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallangan bemorlar faqat Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida aniqlangan. Bu 2020 yil 30 martdan keyingi eng past ko‘rsatkich.

Foto: SSV

Bundan bir kun avval 7 kishi koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘lgan edi. Shuning bilan respublikada umumiy kasallanganlar soni 237533 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 99 foizni tashkil etmoqda.