O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (8−1, KO) 19 mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan bahsda perulik David Segarrani (34−7, 21 KO) ikkinchi raundda mag‘lub qildi.


Supero‘rta vazndagi jang 10 raund davom etishi kerak edi, lekin ikkinchi raundning boshidayoq tugandi. 25 yoshli o‘zbekistonlik bokschi raqibining jigar qismiga aniq zarba berdi, natijada 37 yoshli Segarra jangni davom ettira olmadi. Bu perulik uchun ketma-ket beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba Bektemir Meliqo‘ziyev uchun o‘tgan yilning iyun oyida Gabriel Rosadoga mag‘lubiyatidan so‘ng ikkinchisi bo‘ldi. Jangdan oldingi matbuot anjumanida, Meliqo‘ziyev Rosadoga qarshi revansh jangini o‘tqazmoqchi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, ikkinchi o‘rta vaznda jahon chempioni kamariga ega bo‘lmoqchi ekanligini ham ma’lum qildi.

Video