Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda Navro‘z bayrami dasturxoni uchun tayyorlanadigan yeguliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Bayramona osh va ayron


Ushbu palovni bejizga «bayramona» deb atashmaydi — axir bu taom bayram dasturxonining ko‘rki hisoblanadi. Ammo palovni mazali qilib pishirish uchun sizga bizga ma’lum bo‘lgan bir nechta sirlar as qotishi mumkin.

Ko‘k somsa


Ko‘katli somsani faqatgina qatlamali xamirdan tayyorlash shart emas. Yupqa qilib yoyilgan oddiy xamirdan u yanada mazaliroq bo‘lib pishadi. Uning ichidagi asosidan rohatlanishingizga esa hech nima halaqit qila olmaydi.

Sarimsoqpiyoz, kartoshka va mol go‘shtidan antiqa taom


Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko‘rinish va ta’mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun.

Steyk bilan tayyorlangan iliq salat


Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste’mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib ko‘rinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi.

Asalli noodatiy qush tili


Ko‘pchiligimiz ushbu qarsildoq shirinlikni bolalik paytimizdanoq juda yaxshi bilamiz. Qush tilining retseptari ko‘p bo‘lib, ularning barchasi shirinlik yumshoq va havodor bo‘lib chiqishiga qaratilgan.

Jem va bezeli pirog


Qumoq xamirdan tayyorlangan bezeli pirogning ko‘rinishi shunchalik g‘ayrioddiy-ki, hatto oddiy kunni ham bayramga aylantirib yubora oladi. Uning retsepti juda oddiy, ammo ayrim narsalarni bilib olish zarur.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15