Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikaning turli hududlariga qo‘shimcha avtobus harakatlari tashkillashtirildi, deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.

«Toshkent» avtovokzalidan amaldagi qatnovlarga qo‘shimcha ravishda har kuni 10 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda.

19 mart kuni:

  • Toshkent — Zarmitan, Toshkent — Jo‘sh, Toshkent — Samarqand, Toshkent — Qorako‘l, Toshkent — Denov, Toshkent — Urganch yo‘nalishlarida qo‘shimcha bittadan,
  • Toshkent — Xiva, Toshkent — Termiz yo‘nalishlarida qo‘shimcha ikkitadan, Toshkent — Navoiy yo‘nalishida qo‘shimcha to‘rtta jami 14 ta qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi.

Vazirlik yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yish davom etishi, yo‘lovchilardan yo‘lkira narxini sun’iy ravishda oshirgan avtovokzal atrofidagi noqonuniy taksi haydovchilariga to‘g‘ri kelib qolmasligi uchun chiptalarni «Toshkent» avtovokzali kassasidan xarid qilish kerakligini qo‘shimcha qildi.

Avtobus biletlari bo‘yicha ma’lumotlarni «Toshkent» avtovokzalidan (71 207−87−00) olishingiz mumkin.