Prezident «ochiq muloqot»ga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan muammolarning yechimlari va takliflar asosida qisqa muddatda qarorlar qabul qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ularda barcha taklif va tashabbuslar, shuningdek, bugun bildiriladigan fikr-mulohazalar ham o‘z aksini topadi.

Bu maqsadlar uchun, 2022 yilda budjetdan sohaga ajratilgan 24 trillion so‘mga qo‘shimcha 3,2 trillion so‘m berish bo‘yicha hisob-kitoblar qilingan.

Barchangiz tushunasiz, hozir dunyoda sodir bo‘layotgan murakkab vaziyatda, sog‘liqni saqlash tizimi uchun, bunday katta mablag‘larni izlab topish, albatta oson bo‘layotgani yo‘q.

«Shaxsan men, prezident sifatida, sizlarning mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlayman. Men shifokorning o‘g‘li bo‘lganimdan butun umr g‘ururlanib yuraman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Biz, xalqimiz salomatligi uchun, har qancha mablag‘ va kuch-imkoniyat sarflashga tayyormiz. Shaxsan men uchun xalqimiz salomatligi, hamma narsadan ustun va qadrli. Lekin tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibordan to‘g‘ri va samarali foydalana olayapmizmi? Mana shu savol meni ko‘p o‘ylantiradi. Bu savol sizlarni ham qiynashi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Soha rahbarlari ajratilayotgan har bir so‘mning qadriga yetishi, ularning samarasini barcha odamlarimiz o‘z hayotida his etishi lozim», — dedi prezident.