Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Regulyatorning matbuot xizmati xabar berishicha, unda asosiy stavkani 3 foiz bandga oshirib, yillik 17 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2020 yilning 10 sentabridan hozirga qadar asosiy stavkani 14 foiz darajasida ushlab turgandi. Undan oldin 2020 yilning aprelida regulyator asosiy stavkani 16 foizdan 15 foizgacha tushurgan edi.