Yaponiyadan O‘zbekistonga 201,6 ming doza AstraZeneca vaksinasi gumanitar yordam sifatida olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV axborot xizmati.

Avvalroq, qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi olib kelingandi. Shu bilan ayni vaqtda respublikaga keltirilgan vaksinalarning umumiy soni 61 470 153 dozaga yetdi.

Vaksinalarning turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

  • 2 606 080 dozasi AstraZeneca;
  • 41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 8 580 460 dozasi Moderna;
  • 4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 47,3 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi. Hozirda respublikada koronavirus infeksiyasiga qarshi 14 111 439 doza vaksina zaxirasi mavjud.