Toshissiqquvvati davlat unitar korxonasi 24 va 25 mart kunlari issiq suv bo‘yicha issiqlik iste’molchilarini chegaralash orqali issiqlik tarmoqlarini hisoblangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazadi, deb xabar berdi Toshkent hokimligi matbuot xizmati. Bundan tashqari, 30 martdan 11 aprelgacha, issiq suv bo‘yicha issiqlik iste’molchilarini chegaralamagan holda, issiqlik tarmoqlarining mexanik chidamliligi va zichliligini (yuqori bosimda) sinovdan o‘tkazadi.

«Sanoatenergo» qozonxonasi ta’sir doirasida 6 aprel kuni issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, sinov jarayonlarida issiqlik tarmoqlari quvurlarida shikastlanishlar bo‘lishi mumkin. Yo‘llarning qatnov qismiga va piyodalar yo‘liga issiq suv sachrashi mumkin. Shu bois hokimiyat haydovchilar va piyodalar, ma’muriy va turar joy binolaridagi odamlardan ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishlarini so‘radi. Fuqarolar yuzaga kelgan nosozliklar bo‘yicha 78 129−01−85 telefoniga murojaat qilishlari mumkinligi aytilgan.

Quyidagi issiqlik markazlarini, bahorgi ta’mirlash ishlari munosabati bilan, to‘liq rejali to‘xtatish mo‘ljallanmoqda:

  • 1-IM «Shimoli-Sharqiy» — 16 maydan — 20 maygacha;
  • 2-IM «Qorasuv» — 23 maydan — 27 maygacha;
  • 3-IM «G‘arbiy» — 9 maydan — 13 maygacha;
  • 4-IM «Shimoliy» — 23 maydan — 27 maygacha;
  • 5-IM «Chilonzor» — 16 maydan — 20 maygacha;
  • 6-IM «Janubi-G‘arbiy» — 9 maydan — 13 maygacha;
  • 7-IM «Aviasozlar» — 30 maydan — 3 iyungacha;
  • 8-IM «Sergeli» — 30 maydan — 3 iyungacha;
  • «Vodnik» — 9 maydan — 13 maygacha;
  • «Sanoatenergo» — 30 maydan — 3 iyungacha;
  • ToshIEM — 6 iyundan — 10 iyungacha.

Issiqlik manbalarining amal qilish hududlari manzillari ro‘yxati:

1-IM (M-1,4)

Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘chasi, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Ozodlik ko‘chalari, Yalong‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1 dahalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent Davlat Agrar Universiteti hududi.

2-IM

Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Feruza, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, Qorasuv-1,2,3,4,6, Feruza, Bo‘z-2 dahalari.

3-IM (M-1,4)

Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M — 10, 11, 13, 14, M-26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Talabalar shaharchasi, ToshDTU hududlari.

4-IM (M-0,1)

Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-ko‘chalari, M-1,2,4,5,6,12,15,M-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1, ½, 1/3, ¼, 2/1, 2/2, 2/3, 2/4, 2/5 dahalari, Hamid Olimjon maydoni.

4-IM (M-4,8)

Amir Temur shoh ko‘chasi, Ahmad Donish, Yangishahar, Dexqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Yunusobod dahasi 1−19 mavzelari.

5-IM (M-0,4)

Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Do‘mbirobod 4-tor ko‘chasi, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 1-ko‘chasi, Qatortol 2-ko‘chasi, Katta Xirmontepa ko‘chalari, Chilonzor dahasi 5−12, G9A, 16−20, 24−26, S, 20A, Do‘mbirobod mavzelari, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy-1,2 dahalari.

6-IM

Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq-1−7, Qo‘yliq-Aylanma dahalari.

7-IM

Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Birlashgan 2-tor ko‘chasi, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari, Ohangaron shossesi, Tuzel-1,2,3,4, Uysozlar-1, Asalobod-1,2, Aviasozlar shaharchasi -1,1a, 2,3,4 dahalari.

8-IM

Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, So‘g‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, Sergeli 1−8A, Yo‘ldosh-1−18, M-1,2,3, Do‘stlik-1,2 dahalari.

9-IM

Taqachi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Katta Xirmontepa, Kichik halqa yo‘li, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa, Farhod ko‘chalari, Sharq, Al-Xorazmiy-1,2, Beshqayrag‘och, Guliston, Izza dahalari, Chilonzor dahasi 7,13−15,21−25,30,31 mavzelari, «O‘rikzor» bozori doirasida.

10-IM

Beltepa, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Universitet, Qoraqamish 1-ko‘chasi, Shifokorlar 2-ko‘chasi, Qamarniso ko‘chalari, Beltepa, Ibn Sino 1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on-1,2,3,4, Qoraqamish-2/4, Olimpiya dahalari, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, O‘zMU, ToshDTU hududlari.

ToshIEM (M-0)

Sharof Rashidov, Bobur, Shota Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Fidokor, Shoxjahon, Jamshid Shoshiy, Abdulla Avloniy, Belariq, Imom at-Termiziy, O‘rikzor, Bog‘tepa 5-tor ko‘chasi, Jiydazor 1-tor ko‘chasi, Muqimiy, Yakub Kolos, Chimkent, Seul, Askiya, Cho‘ponota, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bog‘iston, Samarqand Darvoza, ko‘chalari, M-7, Oqtepa dahalari, Chilonzor dahasi 1−5,7,Ye,I, Oqtepa mavzelari.

ToshIEM (M-5,8)

Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Navoiy, Bobur, Glinka, Afrosiyob, Qumariq, Yahyo G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Shastri, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Kichik Beshyog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod ko‘chalari, M-1,2,4,5,7, Uchuvchilar shaharchasi, Qushbegi, Boshliq dahalari.

«Vodnik» qozonxonasi

Husayn Boyqaro ko‘chasi, «Suvsoz» mavzesi doirasida.

«Sanoatenergo» qozonxonasi

«Quruvchi» mavzesi.

4-IM issiqlik manbasining to‘xtatilishi davrida, 10-IM issiqlik manbasi ta’sir doirasida bo‘lgan manzillarda issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi.

5-IM issiqlik manbasining to‘xtatilishi davrida, 9-IM issiqlik manbasi ta’sir doirasida bo‘lgan manzillarda issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi.