2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ushbu muddat quyidagi talabalar uchun amal qiladi:

  • to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
  • to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalariga (texnikum, kollej) o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;
  • tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ushbu muddat 1 martgacha etib belgilangandi.