17−20 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet.

17−18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.

17 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

18 martda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘lishi mumkin.

17−18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

17 martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22−27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18 martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22−27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

19−20 martda kechalari havo harorati 0, +3 daraja iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida -1, -2 daraja sovuqgacha bo‘lishi mumkin.

19−20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida -2, -6 daraja sovuqgacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda -7, -10 daraja sovuqgacha bo‘ladi.