Samarqand viloyatining Samarqand tumaniga Sirojiddin Usmanov hokim etib tayinlandi, deya xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati. Bu tuman hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilingan.

Sirojiddin Usmanov (1979 yilda tug‘ilgan) tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Shu vaqtgacha tumanga hokimlik qilgan Nosir Mavlonov avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan viloyatdagi bir qator rahbarlar bilan birgalikda «faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan bo‘shatilgandi.

Dushanba kuni viloyatning Nurobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Sherali Yuldashev «faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun» lavozimidan ozod qilingan Fazliddin Zairov o‘rnini egalladi.