Maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 19-martga to‘g‘ri keladi va IV chorak 28-mart kunidan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

19 mart kuni dars mashg‘ulotlari to‘liq olib boriladi. 20-mart yakshanba — dam olish kuni ekanligi hisobiga bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi va 7 kun davom etadi. IV chorak darslari esa 28-mart kunidan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekistonda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar 5 kun, 6 kun ishlaydiganlar esa 4 kun dam oladi.