O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirildi

O‘zbekiston TIV rasmiy vakili mamlakatning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahrida joylashganini ma’lum qildi.

11 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanmoqda

Qozog‘iston bosh prokuraturasi xabar berishicha, yanvar voqealari bo‘yicha ochilgan ishlarga 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi jalb qilingan. Ular tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilikda gumonlanmoqda.

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari telefon orqali muloqotda Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar. Ular vaziyatning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik va mojaroni tez fursatda tartibga solish uchun siyosiy-diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi

O‘zbekiston maktablarida 19 mart uchinchi chorakning so‘nggi kuni bo‘ladi, to‘rtinchi chorak esa 28 martdan boshlanadi. O‘quvchilar bahorgi ta’til vaqtida jami 8 kun dam oladi.

Navro‘z bayramida ichki sayohatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi

Navro‘z bayrami munosabati bilan 19 martdan 23 martga qadar fuqarolarga avia va temir yo‘l chiptalar, shuningdek ziyoratgohlarga kirish uchun 10 foizdan 50 foizgacha chegirmalar beriladi.

Mast holda mashina boshqarganlar 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Mast holda mashina haydaganlarni 5 yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni ko‘zda tutgan qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu qilmish uchun jarima miqdori ham oshirilmoqda.

Shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

1 iyunga qadar shaxsning sha’ni va nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik hamda yaqin qarindoshi bo‘lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Himoya orderi muddati esa 1 yilgacha uzaytiriladi.

O‘zbekistonda 3 yillik IT-Visa joriy etilmoqda

1 apreldan IT kompaniyalar ta’sischilari va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar uchun 3 yillik IT-Visa berish rejalashtirilmoqda. Ushbu viza egalari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Uzbekistan Airways biror marta ham samolyotda uchmagan ayollar uchun yangi loyiha boshladi

Uzbekistan Airways «Temir daftar»ga kiritilgan ayollar uchun «Ilk parvozim» ijtimoiy loyihasi boshlanganini ma’lum qildi. Uning doirasida shu vaqtgacha samolyotda uchmagan ayollar O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga parvoz qiladilar.

Turkiya O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari milliy darajadagi kovidga qarshi emlanganlik sertifikatlarini tan olish borasida kelishuvga erishdi. Sertifikatga ega fuqarolar davlatlarning hududiga COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishi mumkin.

Davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi

YeTTB va O‘zbekiston birinchi valyuta svop kelishuvini amalga oshirdi. Buning natijasida 20 mln dollarlik xorijiy valyutadagi davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi.

Uzcard faoliyatida qisqa muddatli nosozlik yuz berdi

Mobil ilovalarda Uzcard orqali to‘lovlar vaqtinchalik ishlamadi. Kompaniya bu ehtimoliy texnik uzilishlarning oldini olish uchun olib borilgan ishlar bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Davlat organlaridan tadbirkorlarning qariyb 11,5 mlrd so‘m mablag‘lari sud orqali undirib berildi — biznes-ombudsman

iznes-ombudsmanning ma’lum qilishicha, tadbirkorlar o‘zlariga qonuniy asosda tegishli bo‘lgan mablag‘larni davlat organlaridan sud orqali undirishga majbur bo‘lmoqda. 2021 yilning o‘zida sudlar tomonidan davlat organlari hisobidan tadbirkorlarga qariyb 11,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik va 2,2 mlrd so‘mlik davlat boji undirib berilgan.

Ayrim joylarda qisqa muddatli qor yog‘ishi kutilmoqda

Hafta davomida aksariyat hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s, momaqaldiroq paytida esa 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Muttasil yog‘ingarchiliklar qishloq xo‘jaligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda kuzatilayotgan muttasil yog‘ingarchiliklarning boshoqli don, chigit yetishtirishga, bog‘ va tokzorlarga ta’siri qanday bo‘lishi va ko‘riladigan choralar haqida ma’lumot berdi.

Prokuror o‘rinbosari Samarqand tumaniga hokim bo‘ldi

Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari bo‘lgan Sirojiddin Usmanov Samarqand tumaniga hokim etib tayinlandi.

Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sherali Yuldashev Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi rahbari prezident tomonidan «faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan olingan edi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Men har doim hech qayerga ketishni xohlamasligimni aytardim». Rossiya fuqarolari — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishi haqida

«Gazeta.uz» Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan Rossiya fuqarolari bilan suhbatlashdi. Ular Rossiyani nima sababdan tark etishgani, Toshkentda nima bilan shug‘ullanayotganliklari, bu yerda qanaqa muammolarga duch kelayotgani va qanday shartlar asosida uyga qaytishi mumkinligi haqida so‘zlab berishdi.