Ammanda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yoshlar o‘rtasidagi bahslarning yarim finali doirasida -54 kg vaznli Abduvali Bo‘riboyev protest orqali finalga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

U yarim finalda hindistonlik raqibi Anand Yadav bilan jangda faol harakat qilgan, yakunda esa hakamlar hind bokschisining g‘alabasini qayd etishdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari mazkur jang natijasi yuzasidan «protest» bergan. Shundan so‘ng, jang qayta ko‘rib chiqildi. Yakunda Abduvali Bo‘riboyev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Bokschilarning raundlar bo‘yicha ochkolari. Foto: IBA Boxing.

Shu tariqa yoshlar toifasida finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar soni 10 nafarga yetdi:

  1. Xo‘janazar Nortojiyev — (-51 kg)
  2. Abduvali Bo‘riboyev — (-54 kg)
  3. Baxtiyor Asadov — (-57 kg)
  4. Javohir Ummataliyev — (-63,5 kg)
  5. Fazliddin Erkinboyev — (-67 kg)
  6. Alisher Ayubov — (-71 kg)
  7. Rahmatillo Boymatov — (-75 kg)
  8. Abdulaziz Abdurahmonov — (-80 kg)
  9. Jamoliddin Qozoqov — (-86 kg)
  10. Aynazar Kenesbayev — (-92 kg)

Bundan tashqari, qizlar o‘rtasidagi bahslarda ham o‘zbekistonliklarda 9 ta final yo‘llanmasi mavjud.