Yevropaning bir qator davlatlarida o‘ta yirik hajmdagi o‘g‘irliklarni sodir etgan uyushgan jinoiy guruhga aloqadorlikda gumonlanib, xalqaro qidiruvga berilgan shaxs O‘zbekistonda qo‘lga olindi.

Operatsiya Makedoniyaning Interpol Milliy markaziy byurosi (MMB) ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Interpol MMB xodimlarining ko‘magida amalga oshirildi.

«O‘tkazilgan muzokaralar va tezkor axboriy ko‘mak sharofati bilan qidiruvdagi shaxs sud oldida javob berishi va jazo o‘tashi uchun xorijlik hamkasblarga topshirildi», — deyiladi Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabarida.